KONGO — Toshkentda joylashgan logistika kompaniyasi, 2018-yildan buyon biznes uchun yuk tashiydi. Mijozlarimiz — importchilar, eksportchilar, zavodlar va savdo kompaniyalari: ular uchun yuk kerakli joyga, kerakli vaqtda yetib borishi muhim.
Shu yillar davomida 3200+ mijoz bilan ishladik, 100 000+ tonna yukni manziliga yetkazdik. Bugun Yevrosiyoning 16 davlatiga, Xitoy va Turkiyadan tortib Germaniya va Fransiyagacha, shuningdek O'zbekiston ichida ham yuk tashiymiz.
Yuk butun mashinaga yetsa, alohida mashina (FTL) ajratamiz. Kamroq bo'lsa, boshqa mijozlar yuki bilan yig'ma tarzda jo'natamiz, shunda faqat o'zingizga kerak joy uchun to'laysiz.
Ba'zan yukni chegarada rasmiylashtirish ham kerak bo'ladi, bojxona rasmiylashtiruvini o'zimiz hal qilamiz. Uzoq yo'nalishda faqat avtomobil qulay bo'lmasa, uni temir yo'l yoki dengiz bilan birlashtiramiz. Ishimiz shartnoma asosida: reys stavkasi oldindan kelishiladi, to'lov shaklini sizga qulay qilib tanlaymiz.